Bugun “Davlat xizmatlari barcha uchun” mavzusida fototanlov boshlanadi. Tanlov tashkilotchilari: Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning qishloq joylarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, BMT Taraqqiyot dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
TANLOV 2023-YIL, 7-DEKABR KUTUN UZAYTILDI
Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning qishloq joylarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” (IPSD) qo‘shma loyihasi O‘zbekiston hukumatiga ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni yanada samarali hal etish orqali fuqarolarga yo‘naltirilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish, mahalliy davlat boshqaruv tizimini taqdim etish va takomillashtirishga qaratilgan dolzarb islohotlar dasturlarini taklif etadi.
Fototanlov quyidagi maqsadlarni ko’zlagan:
- mahalliy va xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardorligini oshirish;
- O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan Davlat xizmatlari markazlari faoliyati to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirish.
- fuqarolarning my.gov.uz yagona davlat xizmatlari portalidan foydalanishga jalb qilish va qiziqishini oshirish.
- fuqarolarning, xususan, imkoniyati cheklangan shaxslar, keksalar, yoshlar va bolalarning www.my.gov.uz yagona portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish.
Tanlovga davlat xizmatlarini olish, davlat xizmatlarini oflayn va onlayn formatda foydalanishni; davlat xizmatlarining ahamiyati, eng ommabop davlat xizmatlari, davlat xizmatlarini olish joylari, davlat xizmatlarini oluvchilar va b. ko‘rsatuvchi ishlar qabul qilinadi
Shuningdek, biz davlat xizmatlari ko‘rsatiladigan joylarda qiziqarli arxitektura loyihalarini, davlat xizmatlari va tabiat o‘rtasidagi uyg’unligini, shuningdek, davlat xizmatlarining jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishiga ta’sirini aks ettiruvchi suratlarni ko‘rib chiqamiz.
Ushbu fotosuratlar kelajakda aholi manfaati uchun davlat xizmatlarini ko’rsatish muammolarini hal qilish uchun hamkorlikda ishlashda mahalliy, milliy va mintaqaviy darajalarda keyingi harakatlarga ilhomlantirishi kutilmoqda.
Ishtirokchilar
Tanlovda O‘zbekistonning barcha hududlaridan istalgan yoshdagi havaskor fotosuratchilar ishtirok etishlari mumkin. Musobaqa hakamlari, tashkilotchilari, homiylari va ularning oila a’zolari ishtirok etish huquqiga ega emaslar.
Nominatsiyalar
G’oliblar hakamlar hay’ati qaroriga ko’ra uchta nominatsiya bo’yicha aniqlanadi:
- Onlayn davlat xizmatlari
- Davlat xizmatlari oflayn rejimda
- Mahallamizdagi davlat xizmatlari
Shuningdek, O‘zbekistondagi Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan “Munosib davlat boshqaruvi” dasturi “Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun davlat xizmatlari” mavzusida fotosuratlar o‘rtasida maxsus nominatsiyani e’lon qiladi.
Maxsus nominatsiya fotosuratlariga qo’yiladigan talablar:
Ushbu nominatsiya nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat xizmatlarini olishini, shuningdek, oflayn va onlayn formatlarda davlat xizmatlarini olish usullarini; davlat xizmatlarining ahamiyati, eng ommabop davlat xizmatlari, imkoniyati cheklanganlar davlat xizmatlarini oladigan joylarni aks ettiruvchi fotosuratlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bundan tashqari, imkoniyati cheklanganlar uchun davlat xizmatlari ko’rsatiladigan joylarning qiziqarli arxitektura yechimlari, davlat xizmatlari va tabiatning uyg’unligini aks ettiruvchi fotosuratlar, shuningdek, davlat xizmatlarining jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishiga ta’sirini namoyish etgan rasmlar ham ushbu nominatsiyada ko’rib chiqiladi.
Baholash mezonlari
Jamiyatning turli qatlamlari vakillari, jumladan, mavzu bo‘yicha mutaxassislar va professional fotografdan iborat hakamlar hay’ati taqdim etilgan fotosuratlarni ko‘rib chiqadi. Ko’rib chiqish/baholash quyidagi ikki bosqichi o’tkaziladi:
Barcha g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladilar va fotosuratlar IPSD loyihasi tomonidan tashkil etilgan taqdirlash marosimida namoyish etiladi hamda loyiha yoki BMTTD 2024 taqvimi va/yoki boshqa vizual mahsulotlarda aks ettiriladi.
«Imkoniyati cheklanganlar uchun davlat xizmati» maxsus nominatsiyasining g’olobi GIZ tomonidan amalga oshirilayotgan «Munosib davlat boshqaruvi» loyihasining vakillari tomonidan aniqlanadi.емая GIZ.
Tanlov muddati va muddatini uzaytirish
TANLOV 2023-YIL, 7-DEKABR KUTUN UZAYTILDI
Suratlar 2023-yil 20-noyabr, mahalliy vaqt bilan soat 17:00 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng olingan barcha fotosuratlar diskvalifikatsiya qilinadi.
Tanlovga arizalar/fotosuratlarni topshirish ikki usulda amalga oshiriladi:
- Fotograf 2023-yil 25-noyabr, 17:00 (mahalliy vaqt bilan) ga qadar suratni o‘zining Facebook sahifasiga joylashtirishi (e’lon qilishi) va loyiha sahifasini Tez, Oson va Qulay belgilashi kerak;
- “Imkoniyati cheklanganlar uchun davlat xizmatlari” nominatsiyasi ishtirokchilari 2023 yil, 30-noyabr, soat 17:00 (mahalliy vaqt) qadar Facebook’dagi shaxsiy sahifalarida surat joylashlari (e’lon qilishlari) va GIZ Uzbekistan sahifasini belgilashlari shart.;
- Agar talabgor Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, u holda 2023-yil 30-noyabr, soat 17:00 (mahalliy vaqt) qadar info@ipsd.uz elektron manziliga to‘liq ismi-sharifi va aloqa raqamini ko‘rsatgan holda hajmi 5 megabaytdan oshmaydigan fotosuratni yuborishi kerak.
Barcha fotosuratlar quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak:
- Ishtirokchining to’liq ismi
- Surat qayerda olingan (viloyat, shahar va h.k.)
- Fotosurat tavsifi – nima ko’rsatilgan (500 so’zdan oshmasligi kerak)
Batafsil ma’lumot va tanlov shartlari bilan www.ipsd.uz saytida va GIZ Uzbekistan sahifasida tanishishingiz mumkin.